Kelishuvda bir-birini to‘g‘ri tushunmaslik

Assalomu alaykum! Yaqinda bir kishi bilan telefon orqali kelishgan edik. U menga uy qurish uchun usta topib berishi kerak edi. Telefonda gaplashganimizda uning xizmatini 300,000 so‘m deb tushungan ekanman, u esa 300 dollarni nazarda tutgan ekan. Pul berish vaqtida noto‘g‘ri tushunganimiz bilindi. Agar 300 dollarligini bilganimda bu kelishuvga ko‘nmagan bo‘lardim. Endi qanday yo‘l tutishni bilmayapman. Iltimos, yo‘l ko‘rsatinglar. U odam mayli qo‘yavering deyapti, lekin men xijolatdaman. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday suratda shu ish uchun boshqalar qancha oladigan bo‘lsa o‘sha pulni berish kerak. Buni shariatimizda ajri misl deyiladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar