Farzga ulgurdim, lekin sunnatga ulgurmadim

Assalomu alaykum! Men universitetdagi darsim kech tugaganligi sababli yaqin oralarda shom namozini xufton namozi kirishiga ozgina qolganida zo‘rg‘a o‘qib ulgurayotgan edim. Ammo hozir xufton namozi kirish vaqti darslarim tugashiga to‘g‘ri kelib qolgan. Ulgursam ham faqat farziga ulgurishim mumkin. Bu holda: 1). Sunnatini o‘qimasam ham namozim qabul bo‘ladimi yoki qazo qilib o‘qiganim maqulmi? 2) Menda asr namozi dars vaqtimga to‘g‘ri kelib qolganligi tufayli har doim qazo qilib o‘qirdim, keyin shom namozini o‘qirdim, hozir esa asrni qazosini o‘qimasdan shomni farzini o‘qisam ulguraman bo‘lmasam ulgura olmayman. Asrni qazosi bo‘la turib shomni o‘qishim durustmi yoki avval asrni qazosini keyin shom qazo bo‘lsa shomni qazosini o‘qiganim maqulmi? Javobingiz uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Farzini o‘zini o‘qishingiz mumkin. 2). Bu yog‘ini biror chorasini qilasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:35 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar