Yolg‘on gapirish emasmi?

Assalomu alaykum! Ingliz tilida ielts, sefr imtihonlari bor, bular 5 qismga bo‘linib 5 qism gapirish bo‘ladi, shunda bilet beriladi va o‘sha mavzu bo‘yicha inglizcha gapirish kerak, gapiriladigan narsalar bazida bo‘lmagan narsalar bo‘ladi. Ya’ni yolg‘on bo‘ladi, chunki mavzu har xil bo‘ladi gapirilmasa baxo qo‘yilmaydi. Shunda gapirilgan gap gunoh bo‘ladimi? Lekin maqsad aldash bo‘lmaydi o‘sha imtihondan o‘tish bo‘ladi. Baholanmasa bali etmay sertifikat ololmasligi mumkin. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirish boshqa narsa, yolg‘onni o‘qib tarjima qilish boshqa narsa. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:35 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar