Ro‘za tutishimga qarshilik qilishmoqda
Assalomu alaykum! Ustozlar, Allox sizlardan rozi bo‘lsin. Bir narsaga oydinlik kiritib beringlar iltimos. Meni yaqinlarim ro‘za tutishdan qaytarishmoqchi? Ular bunga ishlamasdan bekor yurganimni sabab qilishmoqda, vaholanki 11 oy ishlab, aynan Ramazon oyi uchun 1 oy vaqt ajratgandim. Yaqinlarim qattiq norozi, menga maslahat beringlar. Raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular katta gunohga jur’at qilibdilar. Alloh taolo bir oy farz qilgan amalga qarshi chiqishda kufrning xavfi bor. Alloh taologa itoat qilib ro‘zani tutishingiz va shu bilan birga ularga chiroyli yo‘llar bilan tushuntirishingiz kerak. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh) Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 07:02 | Savol-javoblar | 138 | Islam