Karantin paytida vaqtni o‘tkazish
Assalomu alaykum! Manda savolmas, iltimosim bor edi. Xozirgi paytda xammamiz karantindamiz, qachongacha davom etilishini xam bilmiymiz, umidimiz faqat Allohdan. Bizlarni afv qilib shu baloni yo‘q qilsin yurtimizdan. Sizga iltimosim, erkaklarimizga murojat qilinglar, karantin degani bu obedgacha uxlash emas, kun bo‘yi internetda Yutub va o‘yinlar o‘ynashmas, kechasi soat 3-4 gacha Taxajjud nomozini o‘qimasdan o‘rtoqlar bilan telefonda o‘yin o‘ynashmas. Balki Alloh bizaga bu vaqtni oila davrasida ko‘proq bo‘lishimiz uchun, ko‘proq ibodat qilib gunoxlarimizga afv so‘rash uchun berganku!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunga beparvo bo‘lmaslik kerak. Beparvo bo‘lganlarni olib ketib qoladi. Oxiratda esa quyidagi oyatda zikr qilinganlar safida bo‘lib qoladi. Alloh taolo “Muddassir” surasida marhamat qiladi: كُلُّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ رَهِينَةٌ 38. Har bir jon o‘z kasbining garovidir.
Ya’ni har kim o‘z xohishiga qarab amal qiladi, har kim qilganiga yarasha jazo yoki mukofot oladi. Har bir jon oxiratda o‘z qilgan ishining tutquniga – rahiynasiga aylanib qoladi. Alloh taoloning huzurida garovga olinib, tutqun bo‘lib turadi. Bu dunyoda qilgan amali uni tutqunlikdan qutqarib olishi zarur bo‘ladi. O‘sha erda azob va uqubatlardan qutulish uchun yordam beradigan narsa bu dunyodagi amaldir. إِلَّا أَصْحَابَ الْيَمِينِ 39. Illo o‘ng taraf sohiblari...
O‘ng taraf sohiblarining iymonlari, toat-ibodatlari ularni allaqachon garovdan ozod qilib olgan bo‘ladi. O‘ng taraf sohiblari qaerdalar va nima qiladilar? فِي جَنَّاتٍ يَتَسَاءلُونَ عَنِ الْمُجْرِمِينَ مَا سَلَكَكُمْ فِي سَقَرَ 40. jannatlarda bir-birlaridan so‘raydirlar…
41. jinoyatchilardan:
42. «Sizlarni olovga nima kiritdi?» (deb).
Gunohkorlar arz-dod qilishga mushtoq bo‘lib turganlari uchun batafsil javob bera boshlaydilar: قَالُوا لَمْ نَكُ مِنَ الْمُصَلِّينَ 43. Ular: «Namoz o‘qiydiganlardan bo‘lmagan edik. وَلَمْ نَكُ نُطْعِمُ الْمِسْكِينَ 44. Va miskinlarga taom bermagan edik. وَكُنَّا نَخُوضُ مَعَ الْخَائِضِينَ 45. Va botilga sho‘ng‘uvchilar bilan birga sho‘ng‘ir edik. وَكُنَّا نُكَذِّبُ بِيَوْمِ الدِّينِ حَتَّى أَتَانَا الْيَقِينُ 46. Va qiyomat kunini yolg‘onga chiqarar edik…
47. toki bizga o‘lim kelgunicha», – derlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:40 | Savol-javoblar | 191 | Turli savollar