Uy bo‘lishish

Assalomu alaykum! Otaning nomida ikkita hovli joy bo‘lsa. Birini o‘z pullariga olgan, ikkinchisiga farzandlarining ham hissasi qoshilgan. Farzandlar shu ikkala uyni ham farzandlar nomiga o‘tkazishni talab qilishga haqlimi? Ota bir uyni farzandlari nomiga bolib berib ikkinchisini o‘zi va yangi turmish o‘rtog‘i (farzandlar onasi vafot etgan) nomida qoldirsa boladimi? Farzandlar ikkala uyni ham talab qilib otani ranjitsa buning hukmi qanday? Iltimos yo‘l ko‘rsating. Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Otani ranjitishlari otaga oq bo‘lish hisoblanadi. Bir uy evaziga do‘zaxni sotib olishlari achinarli holat. Bolalaring bunga aslo haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:36 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar