Teridan bo‘lmagan maxsi
Assalomu alaykum! Teridan bo‘lmagan va tahorat uchun loyiq degan da’vo bilan sotilayotgan paypoqlar teridan bo‘lgan maxsi o‘rnini bosa oladimi? Eshel mest yoki DexShell deb nomlangan korxonalar shunday paypoqlarni sotuvga chiqarayotgan ekan. Iltimos, shu masalaga biroz oydinlik kiritib bersangiz. Alloh xayrli ishlaringizni davomli qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eshel mestni o‘sha vaqtlarda olib kelinganiga olib kelgan odam “xuddi karapan va machalkalar kabi uchta narsani bitta qilib yopishtirilgan” deb ma’lumot bergan. 5-6 km yursa yirtilmasligini tekshirtirgan, suv o‘tmasligini ham tekshirtirgan. Shunga binoan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh mash tortish joiz deb fatvo berganlar. Hozirgi kunda kelayotganlarini ko‘rsak ikki qalin paypoq orasiga oddiy qora tselofanni qo‘yib paypog‘ini bir biriga tikib qo‘yayotgan ekan. tselofan teshilishi bilan undan suv o‘tib ketmoqda. Biz Zikr ahlidan so‘rang hay’ati hozirgi kundagilariga mash tortish joiz deb fatvo berolmaymiz. Mabodo biz aytgan shakldan boshqacha bo‘lsa tekshirishga jo‘natsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:36 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar