Namozda harflarni maxrajdan chiqarish
Assalomu alaykum! Namozda maxfiӣ qiroat paytida hamma harflarni ham birinchi talaffuzning o‘zidayoq maxrajidan chiqara olmayapman. Xato qilsam darrov qaytib to‘g‘ri talaffuz qilishga harakat qilaman. Bu narsa uch marta takrorlansa namozni qaytib o‘qiyman. Bir namoz vaqtining o‘zida bu holat ikki-uch marta ro‘y beradi va namozni qaytib va yana qaytib o‘kiyman. Mana shu holatning o‘zi bir kunda kamida, taxminan, ikkita namoz vaqtida yoki uchta namoz vaqtida takrorlanadi. Bir oycha muddat shu holat ro‘y beryapti. Savollarim: 1) Namozda harflarni maxrajdan to‘g‘ri chiqarmaslik necha marta takrorlansa namoz qaytib o‘qiladi? 2) Bu qilayotgan ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik chuqurlashib o‘zingizga mashaqqat qilmasdan biror mutaxassisga bitta o‘qib bering. Agar yaxshi desa shubhalanib qayta o‘qimasdan davom ettirib ketavering. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 167 | Namoz