Narx qo‘shib sotish

Assalomu alaykum! 1. Qurilish tashkilotida ishlayman. Shu tashkilotga o‘zimni pulimga sotib olib keyin olingan materialni narxiga foyda qo‘yib sotishim joizmi? 2. Tashkilot misol uchun naqd pulga 50.000 so‘mga tovar olayotgan bo‘lsa, o‘sha tovarni pul o‘tkazish yo‘li bilan 43.000 so‘mdan topib, 45.000 so‘mdan deb pul olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkisi ham joiz emas.
Ba’zilar shu o‘rinda vakil avval u narsalarni o‘zi uchun sotib olib, keyin vakil qilgan shaxslarga ular rozi bo‘ladigan narxda sotish hiylasini ham qiladilar. Bu o‘rinda vakil, vakil qilgan tarafning omonatdor kishisi hisoblanadi. Omonatdor shaxs o‘ziga sotib olishi joiz emas. Har bir sotib olgan narsasi uni vakil qilgan kishi uchun bo‘ladi. Uning bu qilgan hiylasi, haromni halol qilib bera olmaydi. Shu o‘rinda shunga tegishli bir savol javobni keltirib o‘tamiz.
Savol. Men bir tashkilotning ishchisiman, tashkilot rahbari bizga mashina kerakligini va bor odam bilan qiymatini aniqlab, savdolalashishim kerakligini aytdi. Men kimda mashina borligi va qiymati qancha ekanligini aniqlab rahbarga aytdim. U biz kelishgan qiymatga rozi bo‘ldi. Sotuvchi oldiga borganimda, sotuvchi u narsani men uchun kelishilgan narxdan arzogrog‘iga berishini aytdi. Boshliq narx bilan sotuvchi aytgan narxning o‘rtasidagi farqni o‘zimga olib qolsam bo‘ladimi?
Javob. Siz oylik yoki kelishilgan narxga xizmat qiluvchi xizmatchi hisoblanasiz. Siz qilgan savdoda haridor tarafidan vakil hisoblanasiz. Sotib olingan narsada rahbar rozi bo‘lgan narxdan kamiga kelishilgan suratida ham sizni shu ishga yollagan odamning haqqi bo‘ladi. Ikki narx orasidagi tafovutni o‘zingizga olishingiz halol bo‘lmaydi. (“Yangi masalalarning shar’iy hukmlari” kitobidan). Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar