Kosmetika

Assalomu alaykum! Uzr savolim yana takroran kosmetikada labilani, burunni yoki peshonani va boshqa yuzni har hil erlarini to‘ldirish uchun labilani ishirish uchun filler ishlatiladi bazi hollarda nuqsonni ketkazish uchun ham ishlatsa bo‘ladi. Masalan lab yirtilib chok tushsa to‘ldirib oldingi holatiga qaytarish uchun bir ilmli insondan shuni savdosi bilan shug‘ullansam bo‘ladimi deb so‘ragandim, bu yuzni o‘zgartirish lekin kosmetolog ayolga o‘zingiz ishlating yoki klentlaringizga shuni qiling demasdan sotsez bo‘ladi. Agar bunday chuqur o‘ylasez pamidordiyam zakuskaga oledigonlar bor va dorilardiyam kayf uchun osa bo‘ladi, shifo uchun osa bo‘ladi dedilar. Manda shubha bor desam dalil keltirgandan keyin ham shubha qilsez vas-vas holati bu deb aytdilar. Agar shu ishni qilsam kosmetologlar ayollarni labiga shu ukolni qilsa man ham sherik bo‘lamanmi shu gunohga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni misolingiz pomidornikiga tushmaydi. Gunohga sherik bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:37 | Savol-javoblar | 174 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar