Videolar qanchalik haqiqat?

Assalomu alaykum! Men ahyon-ahyonda farishtalar yoki jinlar yashirin kamerada tushgan videolarga ko‘zim tushadi va bu do‘stlar orasida ancha munozaralarga sabab bo‘ladi. Ya’ni aytmoqchi bo‘lganim farishtalar va jinlar borligini bilamiz jinlar ko‘zga ko‘rinishini ham bilamiz, ammo farishtalarni bilmayman. Ya’ni ular videolarga ham tushib qolishi mumkinmi? Oxirgi bor ko‘rgan video qaysidir arab davlatida oq matoga o‘xshagan inson tanasiga o‘xshagan jism samoda uchib masjid yuqoriga qo‘nayotgani hamma insonla la ilaha illalloh deyayotganini aks etgan. Bular qanchalik haqiqat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Farishtalar g‘aybga tegishli maxluqotlar bo‘lib, aql bilan biladigan ish emas. Ularni Alloh bildirgan payg‘ambarlar farishta ekanini aytish mumkin. Holbuki hozirgi kunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot qilib, vahiy uzilgan. Kim qanday gap aytsa taxminga ko‘ra aytishi mumkin. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 01:45 | Savol-javoblar | 162 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar