Ahdga xilof qilish

Assalomu alaykum! 2 ta odam bir tijoratni boshlashdan oldin o‘zaro foyda va zararni teng yarimiga  (ahd qilishgan) kelishib olishgan, chet el firmasining distribution olib berib, hamma hujjatlarni rasmiylashtirib, mol jo‘natishlarni va boshqa hujjatlarni vaqtida to‘g‘rilab turib, hatto firmaning nomini ham birga qo‘yib, lekin vaqt o‘tib sherigim foydani bermasdan kelgan. Unga og‘ir bo‘lmasin deb chet eldan keladigan molni yarimini u yarimini men sotib olishni taklif qilganimda u to‘xtab turing deb kelgan. Endi esa ahd qilganini eslatsam, foyda puli ko‘payib ketganligidan, o‘zini jinniman deb turib oldi. Ibodat qilib turib shu ishni qilsa, undan qilgan xizmatim uchun foydani talab qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni ikki tarafning guvohligi va jonli majlisda ko‘riladi. Yaqiningizdagi biror ahli ilmga murojaat qilinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:44 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar