Ibrohim alayhissalom farzandlari

Assalomu alaykum! Maryam surasi 49-oyatda “Bas, qachonki (Ibrohim)  ulardan va Ular Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlardan chetlangach, Biz unga (farzandlari) Ishoq va Yaqubni hadiya etdik va barchalarini  payg‘ambar qildik” deyilgan. Bunda aytilishicha Ibrohim alayhissalom farzanlari Ishoq va Yaqub bo‘lgan. “Ibrahim” surasining 39-oyatida “Keksalik paytimda menga Ismoil va Ishoqni ato qilgan Allohga hamd bo‘lsin” deyilgan. Buning sababi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ibrohim alayhissalomning ikki farzandlari bo‘lgan, Ismoil va Ishoq alayhimassalomlar. Ya’qub alayhissalom nevaralari ya’ni Ishoq alayhissalomning farzandlari bo‘lgan. Bobo nabirasini ham o‘g‘lim deyishi arablarning urfida ham bor. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 23:35 | Savol-javoblar | 444 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar