Payg‘ambarimiz vasiyatlari

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, payg‘ambarimiz vafotlaridan oldin Makkaga 10 kun hijrat qilganlar. 10-kunda ya’ni oxirgi kunda ketayotganlarida “Men sizlarga omonat qo‘yib ketyapman” deganlar. O‘sha omonat nima edi? Agar savolga xatoliklar bo‘lsa uzr so‘rayman. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 10 kun hijratni tushunmadik, lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga quyidagi ikki narsani omonat qilib qoldirganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: تَرَكْتُ فِيكُمْ أَمْرَيْنِ لَنْ تَضِلُّوا مَا تَمَسَّكْتُمْ بِهِمَا: كِتَابَ اللهِ وَسُنَّةَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ الْإِمَامُ مَالِكٌ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizning ichingizda ikki narsani qoldirdim. Ikkovlarini mahkam ushlasangiz, zinhor zalolatga ketmassiz. Bular – Allohning Kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Sunnati», dedilar».
Imom Molik rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifning ma’nosi ham, maqsadi ham ochiq-oydin va ravshandir. Kitob va Sunnatni mahkam ushlash har bir musulmonning asosiy vazifasi. Kim Qur’on va Sunnatni mahkam ushlasa, zalolatga ketmaydi, ushlamaganlar esa zalolatga yuz buradilar. Bu to‘g‘rida hech qanday ixtilof yo‘q. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 165 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar