Bu qasamga o‘tadimi?
Assalomu alaykum! Men bu saytga birinchi bor kirishim men g‘alati bir holatga tushib qoldim do‘stim sizlarga yozishimni maslahat berdi savolim: Men do‘stimdan ko‘p qarz olib turaman ammo har doim ham vaqtida qaytara olmayman bir kuni menga pul juda zarur bo‘lib qoldi shunda do‘stimdan so‘radim u menga bermayman vaqtida qaytarmaysan keyin orqangdan yalinib yuraman deb turib oldi men vaqtida qaytaraman deb ishontirdim. U va’da berasanmi dedi, men ha ho‘p dedim. U mayli deb pulni berdi va agar bermasang xotining taloq bo‘lsinmi dedi. Men pulni olganimga juda xursandligimdan ho‘p deganimni bilmay qopman. U menga qara va’da berding dedi, men ho‘p dedimku o‘rtoq deb shoshkancha ketdim. Vaqt o‘tib pulni bir oz kechroq beribman. Do‘stim va’dang esingdan chiqiptida dedi va gapini eslatdi. Men xotinim taloq bo‘lsin deb aytmadim desam u menga vaqtida qaytarmasang xotining taloq bo‘lsinmi deganimda ha ho‘p dedingku deyapti. Savolim men qasam ichgan bo‘lib xotinim taloq bo‘ldimi? Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir taloq bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir taloq bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:45 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar