Krematsiya
Assalomu alaykum! Ustozlar, turmush o‘rtog‘im o‘zlari o‘zbek oilada tug‘ilib katta bo‘lganiga qaramay, ancha tushunchalari meni qo‘rqitadi. O‘lganimdan keyin jasadimni yoqib, shamol bilan uchirib yuborishini xoxlayman degandilar. Xech qachon men va farzandlarimiz Alloh sizdan ko‘proq umr bersa bunday qilmaymiz, xatto bu xaqida gap xam ochmang deb bir necha marta aytganman. Allohga shukur, keyingi paytlarda eski tushunchalari, odatlari, xayot tarzlaridan qaytmoqdalar. Shu kunlarda nega jasadni yoqib bo‘lmaydi, nimasi yomon deb so‘rab qoldilar. O‘zim namoz o‘qiyman Alxamdulillah, lekin ilmim yo‘q. Savollariga javob bera olmadim. Iltimos, dinimizda bunga munosabat qanday tushuntirib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson tirikligida ham vafotidan keyin ham mukarram hisoblanadi. O‘tda kuydirish uni azoblash hisoblanadi. Ruh chiqib ketgani bilan jasadda sezish xususiyati bo‘ladi. Tiriklar buni sezmasalarda. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:46 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar