Maslahat beringlar to‘yona haqida
Assalomu alaykum! Biz do‘stlarim bilan to‘y boshlagan do‘stimizga 4yil oldin 4kg go‘shtni berishdan kelishganmiz. Biz o‘sha payt bu ish noto‘g‘ri ish bilmaganmiz 7ta do‘stimni to‘yi o‘tdi. Xamma to‘yi bo‘lgan do‘stimizga o‘sha paytda go‘shtni narxi qancha bo‘lsa shunchadan berganmiz. Biz bundan keyin nima qilishimiz kerak? O‘sha pulni to‘yona deb yig‘sak yana shunday davom etsak bo‘ladimi yoki biron narsaga chaqib qo‘ysak ham bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha pul berilganda o‘sha pulga qancha kumush keladigan bo‘lsa o‘shancha kumushni(chunki kumush necha yillardan buyon o‘zgarmas ekan) yoki qiymatini olishga haqqi bor. Chunki narx teng barobardan oshib yoki tushib ketsa u pulni kasodga uchragan deb hukm qilinadi. Kasodga uchragan holatda qarz oldi berdi vaqtdagi kumushning qiymatiga qaraladi.
Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayhi: «Qarzni qaytarib berish paytida ularning qiymati o‘zgargan bo‘lsa, fuluslarning (mayda pullarning, hozirgi kunda so‘mlarning berilgan kundagi) qiymati ado qilinadi», degan. Bu haqda alloma Ibn Obidiyn rahimahulloh shunday deydi: «Abu Yusuf: «Qarzdor bay’ voqe bo‘lgan (kuchga kirgan) kundagi qiymatga yoki qabz voqe bo‘lgan kundagi qiymatga teng dirham berishi lozim bo‘ladi», degan». Hozirgi kunda qarz bergan kunda so‘mning qiymati qancha dirham(kumush tanga)ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, qarzni qaytarib olish kunida o‘shancha kumushning qiymatini qaytarib olish joiz bo‘ladi.
Bizni avvalgi bergan javoblarimiz ushbu “Jumhur, ya’ni ko‘pchilik ulamolar: «Bunda arzonlashish yoki qimmatlashishning e’tibori yo‘q, nimani olsa, o‘shani beradi», deyishgan. Chunki asosiy qoida shuni taqozo qiladi” fatvoga tegishli edi. Bu fatvo narx biroz o‘zgarib kasod darajasiga etmagan pul haqida bo‘lgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:50 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar