Onamga namoz o‘rgata olmayapman
Assalomu alaykum! Allohga shukur men va singlim namoz o‘qiymiz. Lekin onamga o‘rgata olmayapman. Yoshlari 50 ga borib qoldim. Qachon namoz o‘qiysiz desam hali vaqti kelmadi deydilar, hali o‘lmaymanku degan gaplarni aytsalar juda qo‘rqib ketaman. Har doim da’vat qilaman, Qiyomat, Jannat va Do‘zax haqlarida ma’ruzalar qo‘yib beraman, eshittiraman lekin afsus... foydasi bo‘lmayapdi. Bugun esa shu mavzu yuzasida qattiq ranjitib qo‘ydim. Agar namoz o‘qimasangiz men bilan gaplashmang degan edim juda qattiq xafa bo‘lib yig‘ladilar. Aytingchi men noto‘g‘ri ish qildimmi? To‘g‘ri ona baribir ona hisoblanadi, lekin men onamni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun shunday degan edim. Yoshi kattalarga ham aytib da’vat qildirdim foydasi bo‘lmayapdi. Men bilaman Qiyomatda namoz o‘qimaganlarga qanday qiynoqli azob bo‘lishini men shundan qo‘rqaman. Hozir esa onam mendan ranjiganlar. Meni niyatim onamga Allohni tanitish. Qo‘rqadigan narsam shuki onam 1-marta bo‘lsa ham Alloh uchun namoz o‘qimaganlari. Bir kun kelib ular ham vafot etadilar shu kungacha o‘rgatishni niyat qilganman. Onamga qattiq da’vat qilsam xafa bo‘ladilar, yuzaki da’vat qilsam parvo ham qilmaydilar. Ayting men nima qilay? Juda qiynalib ketdim, kuchim etmayapdi, onamni insofga chaqirishimga yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz faqat duo qiling. Duo qilish degani bir-ikki daqiqa duo qilib qo‘yish degani emas. ustozlarimiz biror inson bilan ko‘rishmoqchi va uni to‘g‘ri yo‘lga chaqirmoqchi bo‘lsalar, kechasi bilan ibodat qilib, uning qalbiga hidoyat berishini so‘rab chiqar edilar. Haftalab haqqiga duo qilib chiqqanlari bo‘lgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar