Ro‘zam buzuladimi

Assalomu alaykum! Ko‘zimda nuqsonim bor. Shu bois linza taqaman. Linza taqqan vaqtimda har soatda sun’iy ko‘z yoshi tomchi tomizib turish kerak. Tomchi tomizsam ro‘zam buziladimi? 2. Ayolim mendan juda ilmli, tajvidi juda yaxshi. Namozlarda menga iqtido qilib o‘qisa bo‘ladimi yoki o‘zi o‘qigani afzalmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buzilmaydi. Tajvidingizga bog‘liq. Namozga yaramasa iqtido qilmasin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 129 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar