Namozdan keyingi zikrlarda oyoq holati

Assalomu alaykum! Ustozlar, oyog‘im tizzasidin operatsiya bo‘lgan. Tanamning shu qismida og‘riq bor(qa’dada o‘tirishga qiynalaman, og‘riqqa chidasa bo‘ladi, lekin o‘zimni noqulay xis qilaman). Savolim, salom berilib bo‘lgandan keyin qulayroq o‘tirib olib namozdan keyingi zikrlarni qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar namozda og‘riq bo‘lsa o‘zingizga qulay holatda o‘tirib olavering. Salomdan keyin bo‘lishi shart emas. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumoning oyoqlari lat egan edi. Qa’dada siz bilan biz o‘tiradigan holatda o‘tirmasdilar. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبْدِ اللهِ أَنَّهُ أَخْبَرَهُ، أَنَّهُ كَانَ يَرَى عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا يَتَرَبَّعُ فِي الصَّلَاةِ إِذَا جَلَسَ، فَفَعَلْتُهُ وَأَنَا يَوْمَئِذٍ حَدِيثُ السِّنِّ، فَنَهَانِي عَبْدُ اللهِ بْنُ عُمَرَ وَقَالَ: إِنَّمَا سُنَّةُ الصَّلَاةِ أَنْ تَنْصِبَ رِجْلَكَ الْيُمْنَى وَتَثْنِيَ الْيُسْرَى. فَقُلْتُ: إِنَّكَ تَفْعَلُ ذَلِكَ. فَقَالَ: إِنَّ رِجْلَيَّ لَا تَحْمِلَانِي  Abdulloh ibn Abdulloh xabar qiladi:
«Men Abdulloh ibn Umarning namozda o‘tirganida chordona qurib olganini ko‘rar edim. Men ham shunday qildim. U vaqtda yosh bola edim. Abdulloh ibn Umar meni bundan qaytardi va: «Namozning sunnati o‘ng oyog‘ingni tiklab, chapini bukib o‘tirishing, xolos», dedi. «O‘zingiz shunday qilyapsiz-ku?» dedim. «Mening oyoqlarim yaramaydi-da», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:52 | Savol-javoblar | 172 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar