Asrandi bolani o‘z ismi bilan atash haqidagi oyat
Assalomu alaykum! Ustozlar, Qur’onda qaysi surada asrandi bolani ismini yoki familyasini o‘zgartirmaslik ma’nosida oyat dalil kelgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “Ahzob” surasida: ادْعُوهُمْ لِآبَائِهِمْ هُوَ أَقْسَطُ عِندَ اللَّهِ فَإِن لَّمْ تَعْلَمُوا آبَاءهُمْ فَإِخْوَانُكُمْ فِي الدِّينِ وَمَوَالِيكُمْ وَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ فِيمَا أَخْطَأْتُم بِهِ وَلَكِن مَّا تَعَمَّدَتْ قُلُوبُكُمْ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا 5. Ularni o‘z otalarining nomi bilan chaqiringlar. Ana shu Allohning nazdida to‘g‘ridir. Agar otalarini bilmasangiz, ular sizning din qardoshlaringiz va do‘stlaringizdir. Bilmasdan qilgan xato narsangiz uchun sizga gunoh yo‘q, biroq qalblaringiz qasd qilgan narsada (bor). Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Bu oyatlar nozil bo‘lgunicha, odamlar birovning bolasini o‘g‘il qilib olib yurganlar. Insonlar jamiyatdagi mavjud tushuncha, urf-odatlar ila ish tutishgan. Endi esa oyat nozil bo‘lib, bu odatni botil qildi. O‘z-o‘zidan, odamlarda «Nima qilish kerak, avval asrab olingan farzand xususida nima qilamiz?», «Oldingi ishlarimiz uchun ham javob beramizmi?» kabi savollar paydo bo‘ladi. Ushbu oyati karima ana shu savollarga javob bermoqda.
«Ularni o‘z otalarining nomi bilan chaqiringlar. Ana shu Allohning nazdida to‘g‘ridir».
Ya’ni «Asrab olingan farzandlarni asrab olgan odamning nomi bilan emas, o‘zining haqiqiy otasi nomi bilan chaqiringlar».
Imom Buxoriy va imom Muslimlar hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladilar:
«Rasulullohning mavlolari – do‘stlari Zayd ibn Horisani faqat «Zayd ibn Muhammad», deb chaqirar edik. Qur’oni Karimning «Ularni o‘z otalarining nomi bilan chaqiringlar. Ana shu Allohning nazdida to‘g‘ridir» oyati nozil bo‘lganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zaydga: «Sen Zayd ibn Horisa ibn Shurhabiylsan», – dedilar».
«Agar otalarini bilmasangiz, ular sizning din qardoshlaringiz va do‘stlaringizdir».
Mabodo, asrab olingan bolaning haqiqiy otasi kim ekani ma’lum bo‘lmasa, ular sizga Islom dini bo‘yicha qardosh bo‘ladilar. «Din qardoshim», deb murojaat qilinglar. Yoki mavloingiz, ya’ni do‘stlaringiz bo‘ladilar. «Ey do‘stim», deb murojaat qilinglar. Ammo, zinhor «O‘g‘lim», «Farzandim», deb murojaat qilmanglar.
Ushbu oyatlar nozil bo‘lgunga qadar birovning bolasini, farzandim, deb, unga o‘z sulbidan bo‘lgan farzandiga qilgan muomalani qilib yurganlar bu haqdagi ilohiy hukmni bilmagan edilar.
«Bilmasdan qilgan xato narsangiz uchun sizga gunoh yo‘q...»
Shuning uchun bu oyatlar nozil bo‘lguncha qilgan ishlaringizni o‘ylab, xijolat bo‘lmang, endi hukmni bildingiz, unga amal qilishga o‘ting.
«...biroq qalblaringiz qasd qilgan narsada (bor)».
Ammo o‘sha ishni bilmasdan emas, bilib turib qilgan bo‘lsangiz, gunohga qolasiz. Birovning bolasini «o‘z bolam», deb da’vo qilish gunoh ekanini bilib turib, shu ishni qilsangiz, gunoh bo‘ladi.
«Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
Ha, Alloh o‘ta mag‘firatli va o‘ta rahmli Zotdir.
Xatolarni kechiradi va to‘g‘ri yo‘lni O‘zi lutf bilan ko‘rsatadi.
Dilingizdan qasd qilgan bo‘lsangiz ham, tavba qilsangiz, Alloh mag‘firatli va rahmlidir, kechiradi, ya’ni bilmasdan qilingan xato uchun Alloh sizni gunohkor qilmaydi. Ammo qasddan qilgan gunohingizdan ham qaytishga yo‘l bor».
Ushbu oyati karimaning hukmiga binoan, birov begona bolani o‘z nomiga o‘tkazib olishi, uni «o‘z bolam», deyishi haromdir. Shuningdek, birovni «otam» deb tanlashi ham katta gunohdir.
Imom Buxoriy va imom Muslimlar rivoyat qilishlaricha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim o‘zi bilib turib, otasidan boshqaning bolasiman, deb da’vo qilsa, unga jannat haromdir», – deganlar.
Chunki Islom ko‘zda tutgan olti katta masaladan biri inson naslini muhozafa qilishdir. Shuning uchun ham nikoh, taloq, idda va shunga o‘xshash ko‘pgina hukmlar joriy qilingan. Hamma narsa inson naslining toza, pok, ochiq-oydin bo‘lishiga qaratilgan. Agar shunday qilinmasa, harom-halol aralashib, ota bolasini, bola otasini, ona qizini, qiz onasini, aka singlisini, singil akasini tanimaydigan bo‘lib ketadi. Insoniyat halokatga uchraydi. Nasli begona bolani o‘z naslidan bo‘lgan bolalari qatoriga qo‘shish bilan ko‘pgina harom-xarish ishlar yuzaga chiqadi. Mahramlik-nomahramlik qoidalari buziladi. Bir kuni kelib, ota o‘z qiziga yoki aka singlisiga uylanib qolishi mumkin. Meros masalasida va boshqa ko‘pgina masalalarda ham o‘nglab bo‘lmas xatolar vujudga kelishi muqarrar. Shuning uchun Islomda bu ish harom qilingan.
Ammo bu degani, etim bolani, qiyinchilikda qolgan oilaning bolasini boqib olish, tarbiya qilish mumkinmas, degani emas. Aksincha, bunday qilinsa, juda ham savob bo‘ladi. Bu ishlarni qilish kerak. Lekin begona bolani o‘zining nomiga o‘tkazib olish emas, balki u aslida kimning farzandi bo‘lsa, o‘shaning nomida qoldirish kerak. Hamda shariat hukmiga muvofiq boqish, tarbiyalash lozim.
Islom oilani mustahkamlashga katta e’tibor bergan. Oila doimo pok, mustahkam bo‘lishi, shariat hukmiga binoan yashashi uchun barcha choralarni ko‘rgan. Chunki oilalar pok bo‘lmagunicha, jamiyat poklanmaydi. Oilalar mustahkam bo‘lmagunicha, jamiyat mustahkam bo‘lmaydi. Oilalar dindor bo‘lmagunicha, jamiyat dindor bo‘lmaydi. Ha, ko‘p narsa oiladan boshlanadi.
Qur’oni Karim insonlarni asta-sekin tarbiyalab, etuk shaxslarni va musulmon jamiyatini etishtirishni buyurgan. Odamlarni johiliyat botqog‘idan chiqarib, Islom nuriga ro‘baro‘ qilgan. Jamiyatni shakllantirib, ilohiy qonun-qoidalar asosida yashashni o‘rgatib kelgan. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:52 | Savol-javoblar | 160 | Qur’oni karim