Zakotni ramazon oyidan keyin berish

Assalomu alaykum! Bir talaba zakot olishga haqli. Men unga ramazon oyining ichida zakot bermoqchi bo‘ldim. U talaba shu zakotni sentyabr oyida o‘qishiga to‘lov qilib berishimni so‘radi. Zakot berish niyatini ramazon oyida qilib, uni zakot oluvchi ham ushbu oyda qabul qilsa, zakotning summasini sentyabr oyida o‘qishining kontraktiga o‘tkazib bersa bo‘ladimi yoki ramazon oyida berilishi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ajratib qo‘ysangiz, ishlatmasangiz imkoniyatingiz bo‘lganda egasiga etkazasiz. Talaba qarz bo‘lganidan keyin sizga meni qarzimni to‘lab qo‘ying desa siz pulni o‘tkazib bersangiz ado bo‘ladi. O‘ziga mulk qilib berganingizdan keyin o‘zi o‘tkazib olsa afzalroq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:12 | Savol-javoblar | 157 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar