Sharob ichishga dinimizda ruxsat berilganmi?

Assalomu alaykum! Sharob (aroq) dinimizda xarom xisoblanib uni iste’mol qilish taqiqlangan deya bir kishi bilan baxslashib qoldik va u menga Qur’onda sharob ichishga ruxsat berilgan degan gapni aytdi va men bilan uzoq baxslashdi. Shu to‘g‘rimi? Ya’ni Qur’onda sharob ichishga ruxsat beruvchi jumla keltirilganmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz har bir mast qiluvchi ichimlik harom desangiz to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki qiyomatga yaqin insonlar haromning nomini o‘zgartirib iste’mol qilishni boshlaydi degan rivoyatlar kelgan. Siz sharobdan nimani iroda qilganini so‘rang. Agar mast qiluvchi desa ochiq-oydin harom. Mast qilmaydigan ichimlik desa harom emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar