Zakotni qaysi miqdordan beraman?

Men tijoratchiman. Yil davomida ishlab, yilning oxirida menga tijoratdagi foydadan ulushim chiqadi. Deylik, 40 million so‘m. Men bu pulni o‘zimga olmasdan shirkat xisobida qoldirib, kerak bo‘lganda shirkatning harajatlariga ishlatib turaman. Va shirkatdagi hisobimdan har oyda o‘zimning hojati asliyam uchun pul olib turaman. Yilning oxiriga kelib hisobimda deylik 8 million so‘m pul qoladi. Men avvalgi yildan qolgan taxminan shuncha pulni, bu yilgisini va keyingi yilgilarini yig‘ib, kelajakda o‘zimni uyimni kengaytirmoqchiman. Shunday holatda, men qaysi miqdordan zakot to‘lashim kerak bo‘ladi. Yillik 40 milliondanmi, yoki hojatlarimga ishlatganlarimdan keyin qolgan 8 milliondanmi? Ba’zilar o‘zing uchun uy, mashina kabi hojatingga yaraydigan narsalar olish uchun yig‘ilayotgan puldan zakot to‘lanmaydi deyishmoqda, shu to‘g‘rimi? Alloh taolo sizni o‘z huzurida ulkan mukofotlar bilan mukofotlantirsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning hisobingizdagi zakot hisoblanayotgan paytda bor puldan. Hammasini qo‘shib hisoblaysiz. Ishlatilib ketganini hisoblanmaydi. Kitob o‘qing.

26 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 158 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar