Tozalik haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahlidan so‘rang hay’ati a’zolari, Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin! Savolim quyidagicha: Men dushda paqirga suv qilib kirib, paqirni yerga qo‘yib g‘usl qildim,bunda tabiiyki badanga quyilga suv taxta ustiga tushib og‘zi ochiq paqirdagi suvga sachraydi ,lekin bo‘lganimdan keyin,dushda hojatxonadan istibro qilib kelib mustahab qilinishi yodimga tushib qoldi,dushdagi oyoq ostiga qo‘yilgan taxtalar usti qup-quruq edi,men keyin shubhalanib o‘zimizni imomimizdan so‘rasam g‘usl durust bo‘lmagan dedi,men keyin dushni ustiga qo‘yilgan bochkani yuvib unga suv tayyorlab shubhalardan xoli bo‘lish uchun qayta g‘usl qildim,lekin men 1- g‘usl qilganimdagi artingan nam sochig‘imga g‘aflat bosib artinib qo‘yibman,avval g‘usl qilganimdagi toza kiyimlarimni xam bular endi benamoz bo‘ldi degan shubxada yechgandim,endi o‘sha nam sochiqqa artinganim uchun hozirgi kiygan kiyimlarim xam benamoz bo‘lgan degan shubxalar meni tinch qo‘ymayapti. Bu shubxalar shayton vasvasasimi yoki o‘rinli shubxalarmi? Shu sababli namozlarimda xam har dam xayolman.Kiyimlarimni tez-tez yuvishga ishlardan ortib vaqtim bo‘lmaydi. Javoblaringizga muhtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu shaytonning vasvasasi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar