Otamni uylantirish
Assalomu alaykum! Mana rahmatli onam vafot etganiga uch yil bo‘ldiki beva otamni xali xanuz uylantira olmayapmiz. Onam vafot etmasidan oldin dadam bir ayolni topib olgan ekan. Yashirincha u ayol bilan gaplashib yurar edi, uyiga onda sonda yordam xam berib turar edi. Buni onam xam bilar edi ammo bir ikki gapirib qo‘yardi. So‘ng indamay qo‘yaverardi. Biz xam bu ish yaxshimasligini ancha gapirdik qaytanga bizga "senlar aralashishma uni otasi yo‘q farzandlari etim ekan" deb qarshi chiqardi. Mana xozir ayol kishini ishlari o‘ziga qolib ketdi, men safardaman. Xullas biz farzandlik burchimizni ado etgan xolda uylantirish uchun solixa beva ayol topayabmiz, ammo sharoit va xar xil baxonalar qilib uylanmayaptilar. Oxiri o‘zi gaplashib yurgan ayolga xam rozi bo‘ldik, lekin u ayol (bilishimcha otamni boshini aylantirvolgan) xar xil baxonalar qilib xozir turmush qurish niyati yo‘qligini otamga aytibdi. U ayolni qanday niyati borikin, Allohga ayon. Uylanish xam xayotiy tarafdan xam diniy tarafdan foydasi borligini tushuntirib charchadik, xatto o‘z opa singillari(ya’ni ammamlar) va do‘stlari xam nasixat qilishdi. Biz yana qanday yo‘l tutaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Otangizni o‘ziga qo‘yib bering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Otangizni o‘ziga qo‘yib bering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush