Oylik haq

Assalomu alaykum! "Zikr ahlidan so‘rang" saytidagi savol-javoblarni o‘qib islomiy ilmimni oshirib boraman. Buning uchun tashakkur. Yaqinda adashmasam bir javobda "Erkak ayoliga shaxsiy ehtiyojlari uchun oylik ma’lum bir miqdorda pul berib turishi kerak" degan gap o‘qib qoldim, balki men noto‘g‘ri tushungandirman. Meni oilamda ishlab topganimiz o‘rtada va ayolim menga nisbatan iqtisodimizni yaxshiroq yuritadi, tiyinimizgacha qaerga sarflanganini ikkalamiz xam bilamiz. Hamma katta xarajatlarni bamaslahat amalga oshiramiz. Shunday holatda ham ayol uchun alohida mablag‘ ajratishimiz kerakmi? Kerak bo‘lsa miqdori taxminan qancha bo‘lishi kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolning ham tabiatida ehson qilish degan tug‘ma istak bo‘ladi. U erda o‘shani qondirish uchun er kishi berib turishi kerak deyilgan. U farz yoki vojib degani emas. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar