Yaratganning qahri emasmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, noo‘rindir balki, lekin shu savol meni qiynayapti. Kasbim o‘qituvchi, maktabda biologiya fanidan dars beraman. Maktabimizning kirish joyida maktab formasining namunasi berilgan surat katta qilib ilib qo‘yilgan. Shu rasmda dars partasida hijobda o‘tirgan qizning ustiga taqiq belgisi chizib qo‘yilgan. Har dushanba maktabimiz o‘qituvchilariga maktab o‘qituvchilari yig‘ilishi bo‘ladi. Shu yig‘ilishlarda Xalq Ta’limi Vazirligining telegramdagi botlari va saytlariga a’zo bo‘lishimiz kerakligi va yangiliklardan xabardor bo‘lishimiz lozimligi aytiladi. Har kuni telegram kanalidan hali u maktabda o‘quvchilar o‘qituvchini do‘pposlaganligi, hali bu maktabda o‘quvchilar o‘rtasida pichoqbozlik bo‘lgani yoki yana bir maktabda maktab o‘quvchisi homilador bo‘lib qolganligi va yana shunaqa har xil xabarlar keladi. O‘ylanib qolaman, balki Allohning farzi bo‘lgan hijobni ilm dargohining o‘zida taqiqlanganligi uchun Allohning qahri kelib maktablarda mana shunday ishlar bo‘layotgandir. Mana shu savolimni agar maqul kelsa telegram kanaliga chiqarsangiz va yozganlarimni o‘qiyotgan muslim va muslima aka-uka, opa-singillarim har bir namozda duo qiling: mana shunday Allohning farzini yo‘qqa chiqarganlarga Alloh insof bersin. Duo taqdirni o‘zgartiradi deb eshitgandim Inshaalloh duolarimizni Alloh ijobat etsa. Yana bir taklifim bor edi shaxsan Muftiy hazratlariga maktablarda haftasiga 1 yoki 2 soat diniy saboq berilsa. Qishloq imomlarini qayta tayyorlovdan o‘tkazilsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizga o‘xshagan farzandlarimizni ta’lim-tarbiyasiga kuyunadigan, fidoiy ustoz-o‘qituvchilarni sonini va sifatini Alloh taolo ziyoda qilsin. Rahmat, takliflar uchun. Biz ham duodamiz, inshaa Alloh siz aytgan ishlar ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:56 | Savol-javoblar | 147 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizga o‘xshagan farzandlarimizni ta’lim-tarbiyasiga kuyunadigan, fidoiy ustoz-o‘qituvchilarni sonini va sifatini Alloh taolo ziyoda qilsin. Rahmat, takliflar uchun. Biz ham duodamiz, inshaa Alloh siz aytgan ishlar ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:56 | Savol-javoblar | 147 | Aqiyda