Etti pir ziyoratgoxi

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir tanishimni aytishicha Xaj safariga borishdan avval Buxoro viloyatidagi Etti Pirni ziyorat qilish kerak ekan. Etti Pirni ziyorat qilish Xaj safarini savobini beradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Etti pirni ziyorat qilish hajning savobini beradi deyish mutlaqo noto‘g‘ri. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ziyoratlariga borish qurbat amallarning eng afzali hisoblanadi. Ushbu ziyorat ham hajning savobichalik bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:56 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar