Turli hil savollar

Assalomu alaykum! 3ta savolim bor edi, iltimos javob bersangiz. 1) biror bir narsani o‘ylagan vaqtimda uning qarama qarshisi hayolimga keladi. Misol uchun biror bir ishni bajarish yo‘lini topib bu hudodan desam, hayolimga buni o‘zing bajarding degan fikr keladi. Buni qanday yo‘qotish mumkin. 2) Shaytonning vasvasasi kamaygandan so‘ng undan qolgan asoratlar ya’ni miyaga yozilib qolgan narsalarni yo‘qotish choralarini aytsangiz? 3) Og‘izdan chiqmagan ammo hayolga behosdan kelgan yomon so‘zlar uchun faqatgina istig‘for aytish bilan gunohlar kechiriladimi? Javoblaringiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ko‘p zikr qilish. 2). Ko‘p zikr qilish. 3). Allohdan umid qilinadi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 01:51 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar