Qaynota kelin bilan bir xonada yotishi mumkinmi?

Uyimizda hozir vaqtincha onam yo‘q. Hozir qishligi sabab, bir xonada otam, men va ayolim birga yotibmiz. Xona issiqligi uchun ayolim betoqat bo‘lib, futbolkasini kiyib yotibdi. Albatta o‘rangan holda, baribir ko‘z tushadi, bunga shubha yo‘q. Lekin men otamga ishonaman insha Alloh. Chunki oilamizda hamma namoz o‘qiydi. Faqat, bu holatga shariat hukmi qandayligini bilmoqchi edim. Ayolim otamga qay darajada mahram va otamning oldida shunday engil kiyinib yotishi durustmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Otangiz abadiy mahram. Oraga parda tutib qo‘yinglar.

28 Aprel 2022, 02:04 | Savol-javoblar | 190 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar