Jaxriymi yoki maxfiy
Assalomu alaykum! 1. Jaxriy o‘qiladigan Farz namozlarida yolg‘iz o‘qiganda ixtiyoriy ekanligini bildim shunda ixtiyoriy maxfiy o‘qilganda iftitoh takbiri, sami Allohu liman hamida kabi takbirlar ovoz chiqrilib o‘qiladimi yoki maxfiymi? Men shu paytgacha bu takbirlarni jaxriy, Fotiha surasi va zam surani esa maxfiy o‘qib kelganman. Meni namozim qabul bo‘ladimi? 2. Suralarni oyati katta kichikligiga qarab o‘qish kerak ekan. Shunga ko‘ra 1-rakatga Falaq surasi, 2-rakatga an-Nos surasini o‘qisa karohiyati yo‘qmi agar shunday o‘qilgan bo‘lsa namoz durust bo‘ladimi? 3. Bir tanishim namoz o‘qiganda shimini topig‘igacha qaytarib o‘qiydi menga ham shunday qiling deb aytdi shu to‘g‘ri amalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yolg‘iz namoz o‘quvchi maxfiy o‘qiladigan namozlarda takbirlarni istasa ovozini chiqarib istasa maxfiy aytadi. Maxfiy degani eng kamida o‘zi eshitadigan darajada pichirlab o‘qishi shart. 2). Durust. Suralarni Qur’onda kelgan tartibiga ham qaralsa yaxshi bo‘ladi. 3). Savolingiz takroriy. Javob uchun saytimiz izlash xizmatidan foydalaning. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar