Kafforati bormi, qanday

Assalomu alaykum! Juma namoz vaqtida tirikchilik bilan shug‘ullanmaslikni bilaman. O‘zim avtoservis boshqaruvchisiman. Juma kuni mijoz menga buyurtma berib avtomashinasini tamirlash uchun berdi. Ishchilarim ishni boshlab juma namoz vaqtida xam ishni davom ettirdi. Bu mijozning boshqa buyurtmalariga xamda ushbu kun buyurtmasiga to‘lovni bir vaqtida o‘tkazdi. Ushbu xolat yani juma namoz vaqtida tirikchilik qilganlik uchun kafforat bormi? Nima qilsam gumondan qutulaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha pulini faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuboring. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar