Diniy kanallardagi ayyorlik yoki yolg‘on

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, "Qur’on qalb shifosi", "Iymon", "Qalbda islom" Shunga o‘xshagan ko‘p kanallar o‘z kanaliga ko‘p odam yig‘ish maqsadida odamlarni vasvasaga soladigan "dajjol chiqdi", "odamga jin kirgan" shunga o‘xshash ko‘p iymonimizga foydasi yo‘q video lavxalarni tashlashadi. Biror savolni yozib javobi bu erda deb linkni bosing deb kanaldan kanalga o‘tkazish maqsadida bir diniy mavzu yoki savolni yozib linkni bosing deb boshqa kanalga o‘tkazishadi. Bundan dinni o‘rganmoqchi bo‘lgan xalqimiz bulardan aldashni o‘rganyapti. Shu norasmiy kanal adminlariga nasixat qilishingizni iltimos qilamiz. Telegram kanaliga xam joylashtirishingizni iltimos qilamiz. Zora shu kanal befarosat adminlariga insof kirsa. Savolim uzun bolib ketganligi uchun uzur so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! وَمَرَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِرَجُلٍ يَبِيعُ طَعَامًا فَسَأَلَهُ كَيْفَ تَبِيعُ؟ فَأَخْبَرَهُ، فَأُوحِيَ إِلَيْهِ أَنْ أَدْخِلْ يَدَكَ فِيهِ فَأَدْخَلَ يَدَهُ فَإِذَا هُوَ مَبْلُولٌ، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ مِنَّا مَنْ غَشَّ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُمَا: فَقَالَ: مَا هَذَا يَا صَاحِبَ الطَّعَامِ؟ قَالَ: أَصَابَتْهُ السَّمَاءُ يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: أَفَلَا جَعَلْتَهُ فَوْقَ الطَّعَامِ كَيْ يَرَاهُ النَّاسُ، ثُمَّ قَالَ: مَنْ غَشَّ فَلَيْسَ مِنِّي  «Nabiy sollallohu alayhi vasallam taom sotayotgan odamning oldidan o‘tayotib: «Qanday sotyapsan?» deb so‘radilar. U xabar berdi. Shunda u zotga «Qo‘lingni u(taom)ning ichiga tiq», deb vahiy qilindi. U zot qo‘llarini tiqsalar, ho‘l ekan. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim aldasa, bizdan emasdir», dedilar».
Abu Dovud, Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Muslim va Termiziyning lafzida:
«U zot:
«Ey taom egasi! Bu nima?!» dedilar.
«Yomg‘ir tekkan edi, ey Allohning Rasuli», dedi.
«Odamlar ko‘rishlari uchun buni taomning ustiga qilsang bo‘lmasmidi! Kim aldasa, mendan emas!» dedilar»
, deyilgan.("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar