Yashamagan davr uchun ijara to‘lovini talab qilish

Assalomu alaykum! Biz hozirgi kunda turli viloyatlardan kelib ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat olib borayotganligimiz sababli O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tadqiqotchilar turar joyida ijarada yashaymiz (bir oylik to‘lov kishi boshiga 299000 so‘m). 2020 yil mart-may oylarida pandemiya sababli o‘z viloyatimizga qaytishga majbur bo‘ldik. Hozirda bizdan yashamagan vaqtimiz uchun ijara pulini to‘liq to‘lash kerakligimizni aytishyapti. Ushbu holatda biz yashamagan davrimiz uchun ijara to‘lovlarini to‘liq to‘lashga qarshimiz. Chunki biz bu davrda hech qanday kamunal xizmatlaridan fodalanmaganmiz. Savolim ushbu davr uchun biz ijara to‘lovini bir qismini to‘lamasak gunoxkor bo‘lamizmi. Aksincha bizga ushbu davr uchun ijara pulini to‘liq to‘lashini talab qilish ijarachi uchun qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ketishdan oldin aytib qo‘yish kerak edi. To‘g‘ri bu o‘rinda ijaraga qo‘yuvchilar ham holatni rioyasini qilishlari kerak. Ijara haqqini olmasliklari diyonat. Taoab qilish esa, haqlari. Diyonatga amal qilmasa ijara turgan to‘laydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar