Maoshimdan zakot beramanmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, o‘zim ishlayman, oilaliman, otam olamdan o‘tganlar. Uzatilmagan singlim bor, ro‘zg‘or meni bo‘ynimda, 2 million ba’zida undan kamroq ba’zida ko‘proq maosh olaman. Shu holatda manga zakot joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zakot farz bo‘lishi uchun kishining hojatidan tashqari to‘plagan mol-mulki bo‘lishi kerak. O‘sha mol-mulkning miqdori 20 misqolga etishi kerak. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2018 yil (hijriy 1439 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi o‘rtacha narxi 188 235 (bir yuz sakson sakkiz ming ikki yuz o‘ttiz besh) so‘m atrofida ekanini e’tiborga olib, 85 gramm tillo hisobidan zakot nisobi 16 000 000 (o‘n olti million) so‘m ekani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, ya’ni 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m miqdorda zakot chiqarishni ma’qul deb topishgan. Shu nisob kamayib yoki ko‘payib bo‘lsa ham bir yil to‘lganda yoningizda bo‘lishi kerak. O‘shanda zakot farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:05 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar