Xayoldagi taloq lafzi
Assalomu alaykum! Savolim "taloq" lafzi haqida. Ustozlar masalan bir inson "taloq" degan so‘zni shunchaki aytsa, maqsadi ayolini taloq qilish uchun emas, yoki ayoliga nisbat berib emas, yoki ayoliga ishora qilib emas, shunchaki hech bir niyatsiz "taloq" degan so‘zni aytsa, oddiy bir so‘z sifatida aytsa. Shunda ham og‘izdan chiqishi bilan taloq tushib qoladimi ayoliga? Gapirganda ham "taloqsan" yoki "sen taloqsan" yoki "u taloq" yoki "falonchi taloq" deb emas shunchaki "taloq" lafzi og‘izdan chiqdi, balkim nimadir savol ustida bosh qotirib aytgandir, balkim qay bir hayol bilan lekin taloq maqsadida emas, shunchaki "taloq" lafzini aytsa bu holda ayoliga taloq tushib qolmaydimi? Savolim cho‘zilib ketgan bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqda, ya’ni siz aytgandek xotiniga “sen” yoki “xotinim” yoki qanota qaynonaga qarab “qizingiz” kabi nisbat berish shart. Bu nisbat berish lafz orqali bo‘lmoqda. Gohida nisbat ma’naviy ham bo‘ladi. Masalan bir kishi taloq so‘zini aytsa, yonidagi birortasi kimga nisbatini berib aytding desa yoki xotin eridan "talog‘imni bering" deb so‘raganda taloq desa taloq tushadi. Buni ma’naviy nisbat berish deyiladi. Siz aytgandek birortasini og‘zidan taloq degan so‘z chiqsa yoki ustoz shogirdiga taloqqa oida masalalarni o‘rgatayotib u so‘zni aytsa bu bilan taloq tushib qolmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:13 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush