Jamoatda safni yorib o‘tish haqida
Assalomu alaykum! Ustozlar, men ma’ruzalarda jamoat namoziga kelgan inson odamlarning orasini yorib o‘tsa, o‘qigan namozini savobi shu erda (masjidda) qoladi deyilganini eshitganman. Jamoat namozlarida odamlar soni ko‘payayotgani quvonarli hol, ammo odamlar jamoatda bir-birlarini bezovta qilib oralardan o‘tishlari noto‘g‘ri ekanligini aytsak ba’zi odamlar yoqtirishmaydi. Bu haqda hadislarda, shariatimizda nimalar deyilgan shu haqda ma’lumot va tushuncha bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar oldidagi safda bo‘sh joy qolsa yorib o‘tish gunoh emas. Chunki orqada o‘tirganlar o‘sha ishni qilishlari kerak edi. Hamma joy band bo‘lsa-yu, men avvalgi safda o‘tirar edim, deb kech qolib kelsa ham safni yorib o‘tishi joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar