Gunohga sherik bo‘lib qolinmaydimi?
Assalomu alaykum! Qoraqolpokistonda yashayman, bizning Nukus, Chimbay, Kegeyli va ayrim tumanlarda xonadonda kimdir o‘lib qolsa honadon egalari o‘lgan mayyitni 3 kun uyida saqlab, katta ho‘kizni so‘yib ovqat qildirishib, 3 kun mayyit yonida uvvilab yig‘lab o‘tirishadi. Bularning bu ishlari nechi yillardan beri davom etib kelmoqda. Nima uchun shu tumanlar masjid imomlari sekin astalik bilan bo‘lsada tushuntirish ishlari olib borib shu urf odatga barxam berishmaydi? Bu ishlarni bizlar ham bilib turib indamasak gunohlariga sherik bo‘lib qolmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu ish o‘ta og‘ir gunoh, o‘likni tezroq dafn qilish kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunga buyurganlar. Bu savolingizni O‘zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasining muslim.uz saytiga ham bering. Zora chora ko‘rilsa. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar