O‘gay farzandlar

Assalomu alaykum! Biroz tarbiyasizdek tuyulsa xam so‘rayman. Erimning 1--oilasidan 2ta farzandi bor. Men ularga qarashim xizmatini qilishim farz bo‘ladimi? Xozirda o‘zim 1-farzandimga xomladorman bunaqa payitta ayol kishini asablari taranglaship xech nima yoqmay qolarkan. Ustoz men shu o‘gay farzandlarga qaramasam gunoxkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol erining boshqa ayoldan ko‘rgan farzandlarining xizmatini qilishga majbur emas. Lekin savob umidida ayol ularning xizmatini qilsa ulug‘ ajrga erishadi. Vallohu a’lam!

4 Oktabr 2023, 21:02 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar