Tavba qilsam, qabul bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Alloh barchamizni hidoyat aylasin. Savolim tavba borasida edi. Shayton vasvasasidan kofirlikka o‘tib qolish mumkinmi? Shunaqa holatlarda tavba qilinsa qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ يَقْبَلُ تَوْبَةَ الْعَبْدِ مَا لَمْ يُغَرْغِرْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ  Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Modomiki banda g‘arg‘ara holiga borib qolmagan bo‘lsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qiladi», dedilar».
Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.
Sharh: Jon halqumga kelmasdan avval tavba qilib qolmoq lozim. Undan keyin kech bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar