Tanqid qilish g‘iybatmi?
Assalom alaykum! Hurmatli ustozlar, tanqid qilish g‘iybat hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tanqid yolg‘iz o‘ziga, go‘zal tarzda haq bo‘la turib gapirilsa nasihat hisoblanadi. Hammani o‘rtasida, qo‘pol tarzda kamsitish so‘zlari bilan bo‘lsa g‘iybat ham bo‘ladi, izza qilish ham bo‘ladi. Alloh taolo “Nahl” surasida marhamat qiladi: وَإِنْ عَاقَبْتُمْ فَعَاقِبُواْ بِمِثْلِ مَا عُوقِبْتُم بِهِ وَلَئِن صَبَرْتُمْ لَهُوَ خَيْرٌ لِّلصَّابِرينَ 126. Agar iqob qiladigan bo‘lsangiz, o‘zingizga qilingan iqobga o‘xshash iqob qiling. Agar sabr qilsangiz, albatta, u sabr qiluvchilar uchun xayrlidir.
Agar sizga tajovuz qilganlarni iqob qiladigan bo‘lsangiz:
«...o‘zingizga qilingan iqobga o‘xshash iqob qiling».
Oshirib yubormang. Oshirib yuborsangiz, tajovuzkor bo‘lib qolasiz.
«Agar sabr qilsangiz...»
Tajovuzkordan o‘ch olmasangiz, uni afv etsangiz...
«...albatta, u sabr qiluvchilar uchun xayrlidir».
O‘rni kelganda, sabr qilib, o‘ch olmaslik ham xayr bo‘lib, Islom da’vatiga foyda keltirishi mumkin. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar