Tongda xufotonni qazosini o‘qib so‘ng bomdod namozini o‘qish
Assalomu alaykum! 4033-savolga oldin xufton namozi o‘qiladi so‘ng bomdod deyilgan. Buni qanday tushunish kerak. Iltimos yanada kengroq javob bersangiz. Ya’ni: - Tongda xuftonni qazosini o‘qib so‘ng Bomdod namozini o‘qish kerak bo‘ladimi? Boshqa bir payt ya’ni kun davomida qazosini o‘qib olsa bo‘lmaydimi? Chunki bomdod qazo bo‘lib qolishi mumkin yoki jamoatdan qolib ketish mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz savoldagi ahli tartib degan so‘zga e’tibor bering. Ahli tartib deb balog‘atga etganidan boshlab birorta ham namozini qoldirmagan yoki qoldirgan bo‘lsa ham qazosini o‘qib olgan kishiga aytiladi. Ular biror namozni qoldirsalar vaqti kirib qolgan namozdan avval qazosini o‘qib olishlari shart. Ahli tartib bo‘lmaganlar ya’ni balog‘atga etganidan beri eng kami olti vaqt namozni qoldirib qazosini o‘qimaganlar ixtiyorli. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 156 | Namoz