Imomni qiroatdagi xatosi

Assalomu alaykum! Sizu bizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Men talabaman Universitetim yaqinidagi masjidga kundalik namozlarni va Juma namozini ado etgani chiqaman Alxamdulillax, lekin shu masjid imomi (yoshi kotta emas) tajvidda, xarflarda 90% xato qiladi. Juda vaziyat og‘ir (o‘zimni ilimliman demoqchi emasman), lekin bu masjid Tashkentdagi kotta, qavmi juda ko‘p masjidlardan. Izlash xizmatida namoz qaytadan o‘qiladi deyilgan ekan. Darsga ulgiromiyapkanim uchun ayniqsa Juma kunlari shu masjidga chiqishga majbur bo‘vomman. Maslaxat beringlar iltimos! Va bunday imomlarni kim tayorlaydi, kim ruxsat beradi, kim nazorat qiladi? Uzun savol uchun uzur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Savolingizni muslim.uz saytiga bering. Ularni imom tayyorlash va bo‘shatish vakolatlari bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:25 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar