Etkazib berishdagi fatvo
Assalomu alaykum! Man sizlardan halol bo‘lmagan(cho‘chqa go‘shti va shunga o‘xshash) taomlarni etkazib berish xaromligi haqida fatvo olgan edim. Musofir yurtdamiz, asosan yurtdoshlarimiz etkazib berish va taksi xizmatlarida ishlashadi. Etkazib berish haqidagi fatvoni jo‘natganimda dalil so‘rashdi. Ular ham boshqa ulamolar mumkin degan faqat aroq, spirtli ichimlik bo‘lmasa bo‘ldi degan gapni oldinga surishdi. Shunga agar iloji bo‘lsa, xarom bo‘lgan taomlarni etkazish mumkin emasligini dalillab bersangiz va man ularga etqazardim. 2. Mam hozirda taksi xizmatiga o‘tdim. Etkazib berish xizmatidan so‘mka qolgan. Shuni shu sohada ish va dokument yo‘qligidan ishlayotgan birodarimga bersam bo‘ladimi? 3. Ba’zi birodarlarimiz talaba bu erlarda. Ularga hohlagam vaqti ishlaydigan ish kerak etkazib berishga o‘xshash. Shunga ham pul topib ham o‘qiyman deydigan birodarlarimga nima deyishni bilmayman. O‘zimni ham ahvolim shunga yaqinlashmoqdaman, dokument muammosi sababli. Ular bilan birga yashaymiz ammo bu mumkun emas deb davat qilmayapman. Joyi kelganda umumiy eslatib qo‘yayapman holos. Nima qilishgani afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi hadisda tashib beruvchisi ham gunohkorligi aytilgan. U narsa faqat xamr bo‘lishi shart emas. hamma harom narsalar ham joiz emas. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. 2). Sizga bergan egalaridan so‘rang. 3). Ularni holatini to‘g‘ri baholay bilmaymiz. Ulardagi ehtiyojni ham qanchaligini bilmaymiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom