Bolamga ismi og‘irlik qiladimi?
Assalomu alaykum! O‘g‘limning ismi Muhammad Yusuf. Hozirda uning salomatligi durust emas. Sergelidan bir domla bolamni ko‘rib, 1 qop un, 1 qop shakarni ko‘rlar jamiyatiga ehson qilinglar, keyin Zangi otaga 4 metr surup va 4 ta non tashlab kelinglar, so‘ng ismini o‘zgartiringlar, qaytadan azon ayttiringlar, bolani yuk bosgan dedi, faqat birinchi azon aytgan odamga ayttiringlar deyapti. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday maslahat bergan kishini domla ismi bilan nomlagandan ko‘ra, bid’atchi, ilmsiz, johil, shariatdan mutlaqo xabari yo‘q, degan afzal. Bunday holatda bolani shifokorga olib borish yo hadislarda kelgandek ko‘z tekkan bo‘lsa shar’iy ruqiya o‘qiydigan kishiga olib borish lozim. Hozirda odamlar dinga nisbatini berib juda ko‘p narsalarni o‘zicha to‘qib olishgan. Vaholanki, ularning dinimizga zarracha ham aloqasi yo‘q. Ism og‘irlik qiladi, degan gap ham shular jumlasidandir. Shuning o‘rniga ikki buyuk payg‘ambarning ismi bolani Alloh taologa mahbub bo‘lishiga sabab bo‘ladi, desa aql va mantiqqa to‘g‘ri kelar edi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:09 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar