Yana nikoh va taloq haqida

Assalomu alaykum! Ming istihola bilan sizga savol yo‘llamoqdaman. Bir dugonam turmushida ikki yarim yil yashab bir qiz farzandli bo‘ldi, lekin turmushdagi turli kelishmovchiliklarga ko‘ra o‘z ota uyiga ketib qolgan. Bunda turmush o‘rtog‘i kunlarning birida mast holatda kelib, ayoliga uch taloqsan, deb javob bergan. Dugonam ikki yarim yashar farzandi bilan ijaraga uy olib farzandi bilan yashab kelgan va ushbu ijarada yashash asnosida bir yigit bilan ahdlashib benikoh yashab kelgan. Orada farzand 15 yoshga etganida ushbu farzandning otasi qayta yarashib turmush qurishni taklif qilgan. Hozirda ushbu birinchi nikohlangan (ya’ni 3 taloq bergan) er bilan 2 oydan beri yashamoqda. Iltimos, sizdan ushbu holatda qayta nikohlanish hukmi qanday bo‘lishini tushuntirib bersangiz. Aksar hollarda barchada turli tushunchalar mavjud.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohlari joiz emas. Chunki zino ayolni birinchi eriga halol qilib berolmaydi. Shariatga muvofiq nikoh va yaqinlik bo‘lganda. O‘sha ikkinchi yigit talog‘ini berib iddasini o‘tirganidan keyin birinchi eriga halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:09 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar