Hijr surasining 29-oyati haqida

Assalamu alaykum! Men avvalroq Hijr surasining 29-oyatia Tafsiri Hilol kitobida «O‘z ruhimdan puflaganimda» deyilgan. Men eshitgan audioda «O‘z mulkimdagi jondan kirgazganimda» deyilgan. O‘sha audioda yana shunday deyilgan: «Ahli sunna val jamoa e’tiqodiga ko‘ra Alloh taolo va uni ismi sifatlari qadiym, ya’ni avvaldan bor, borligining avvali yo‘q deb e’tiqod qilinadi, bulardan boshqa hamma narsa keyin yaratilgandir. Shu sababdan Allohning ruhi bor, yoki joni bor deyish aslo mumkin emas». Bu gaplaoni gapirgan odam hakida yomon gumonga borish yoki noto‘g‘ri aytgan bo‘lsa tasdiqlab qo‘ymaslik uchun sizlarga murojaat qildim. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi bir toifalar chiqishdiki, oyat va hadisda Allohga nimani nisbatini berishgan bo‘lsa Allohning zotida o‘sha narsa bor, deb turib olishdi. Hatto Allohni yuz, boldiri, qo‘li, ko‘zi, barmog‘i bor deyishdi. Solih salaflarimiz esa Alloh taoloning “Mislining misli yo‘q” degan oyatga binoan “Bu nisbat berilgan narsalardan Alloh nimani iroda qilgan bo‘lsa o‘shani haq deb iymon keltiramiz va ilmini Allohga havola qilamiz” deyishgan. Ba’zilar ruhulloh degandan Allohning ruhi bor degan e’tiqodga ham borishgan. Bu noto‘g‘ri e’tiqod. Solih salaflarimiz buni rad qilganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:09 | Savol-javoblar | 142 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar