Oxiratimga ta’siri

Assalomu alaykum! Meni yoshim 20da Xozir yuridik universitetida taxsil olaman, kelajakda prokuror sudya bo‘lish niyatim bor. In sha Alloh, lekin ayrim qarindoshlarim va do‘stlarim sudyalik va prokurorlik kasbini xarom deydi. Ota-onam meni xalol va pok qilib katta qilishgan, pok tarbiya berishgan, kimgandur xukim o‘qish yoki bo‘lmasa bir insonni xaqiqatanxam qilgan aybiga yarasha ayblash gunoxmi? Bu kasbimni oxiratimga ta’siri bormi ? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sohaning etuk mutaxassisi bo‘ling, halol yo‘l bilan va adolat bilan ish tutishni maqsad qiling va albatta bu borada mustahkam bo‘ling. Sizga o‘xshagan diyonatli kadrlarga xalqimiz naqadar muhtoj. Biz fuqorolik kodekslarini o‘rgandik, 90% shariatga tushar ekan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:18 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar