Qiblaning darajasi

Assalomu alaykum! Ilgari namozni quyosh botadigan tarafga qarab o‘qilishini eshtganman. Xabaringiz bor, hozir zamon rivojlanib, telekommunikatsion texnologiyalar rivojlangan davr. Men turgan joydan qiblani joylashish joyigacha o‘ranib chiqdim. Qibla men turgan joydan 240 daraja janubiy sharqiy tomonda joylashgan. Quyosh 260 daraja janubiy sharqiy tomonda. nomoz o‘qimoqchi bo‘lganimda sezilarli 20 daraja surilmoqda. O‘rganishlarim natijasiga qarab namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Fuqaholar to‘rt tomondan qibla bor tomonga qarab namoz o‘qilsa namoz ado bo‘ladi deganlar. Bunda qibladan 45 gradusgacha qiyshayish mumkin. Undan oshsa qibla tomondan boshqa tomonga yuzlanib qolgan bo‘ladi. O‘zingiz aytganingizdek texnika rivojlanib Ka’bani o‘zini topishga ham imkon bo‘ldi. Bizning diyorda 240 darajada qibla. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:11 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar